Янгиликлар
Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga a’zolik to‘g‘risida
Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga a’zolik to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksning 25-moddasiga asosan: Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas:
Qonunchilik palatasi deputati, mahalliy Kengash deputati, Senat a’zosi;
boshqa saylov komissiyasining a’zolari;
siyosiy partiyalarning a’zolari va vakolatli vakillari;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari;
prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;
nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari;
nomzodlarga bevosita bo‘ysunuvchi shaxslar;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar.
Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan hududiy saylov komissiyasining uch nafargacha a’zosi komissiyada doimiy, qolgan a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Tuman va shahar saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Saylov komissiyasining o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan a’zolari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilishi yoki ularning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas.
Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.
Saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod yoki ishonchli vakil etib ro‘yxatga olingan a’zosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Saylov komissiyasi a’zosining vakolatlari mazkur saylov komissiyasini tuzgan organ tomonidan bevosita yoxud uni a’zolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza berganda;
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
u o‘z vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;
qonunga ko‘ra u saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shug‘ullanib bo‘lmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;
u vafot etganda.
Zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi a’zosi saylanadi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov