Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikka koʻra, ayollarga ayrim jazolarni qoʻllash boʻyicha quyidagi cheklovlar mavjud:


 

Qonunchilikka koʻra, ayollarga ayrim jazolarni qoʻllash boʻyicha quyidagi cheklovlar mavjud:

 

         Xususan, jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qoʻllanmaydi.

 

Bundan tashqari, homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etsa ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

 

Ayolga nisbatan uzoq muddatga (20 yildan ortiq 25 yildan koʻp boʻlmagan) yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas.

 

Shuningdek, homilador ayolning jinoyat sodir etishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanadi.\

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat