Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Oʻzenergoinspeksiya Hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi


Oʻzenergoinspeksiya Hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi

 

“Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 118-son Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga koʻra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (Oʻzenergoinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi.

Oʻzenergoinspeksiya yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Oʻzenergoinspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:

energiya samaradorligi boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

yillik energiya isteʼmoli 500 tonna shartli yoqilgʻidan yuqori boʻlgan barcha sanoat korxonalarida energiya isteʼmolini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;

sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;

energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy oʻlchov laboratoriyalari boʻyicha minimal talablarni belgilash.

Oʻzenergoinspeksiyaning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar