Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-232-son, 21.06.2024-y.) qabul qilindi


 

 

 

“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-232-son, 21.06.2024-y.) qabul qilindi

 

Qarorga koʻra, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini (Institut) tashkil etiladi.

 

Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

 

Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”, “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi.

 

Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi faoliyati tashkil etiladi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti

A.Teshaboyev