Янгиликлар
Yangi milliy turizm brendi yaratiladi
Yangi milliy turizm brendi yaratiladi
Farmonga muvofiq, O‘zbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi (tanitish belgisi) yaratiladi.
Turizm qo‘mitasi:
- 2024 yil 1 oktyabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov o‘tkazadi;
- 2024 yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qiladi;
- 2024–2025 yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qiladi.
2025 yil 1 yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan 3 kundan kam bo‘lmagan biznes tadbirlarni O‘zbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028 yil 1 yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev
25.07.2024 yil