Янгиликлар
Qonunchilikka ko‘ra
Qonunchilikka ko‘ra, ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda (mashina yuvish, tomorqa sug‘orish, hovliga suv sepish) foydalanish yoki oqilona foydalanmaslik (mevalarni muzlatish uchun ochib qo‘yish) suvni to‘xtatib qo‘yish uchun asos hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur qoidalarni buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan (340 ming so‘m) 3 baravarigacha (1 mln 20 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (1 mln 700 ming so‘m) 10 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Chinoz tumani adliya bo‘limi YuXKM
Bosh yuriskonsulti
M.Nurnazarov