Янгиликлар
Zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalarni import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi
Zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalarni import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 avgustdan xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirishda yig‘im BHMning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida undiriladi.
2024 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 oktyabrgacha:
- belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi;
- “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro ko‘rgazma savdosi doirasida O‘zbekistonning norezidentlari tomonidan respublika hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda keyinchalik qaytarib olib chiqiladigan zargarlik buyumlariga nisbatan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishda bojxona yig‘imlari undirilmaydi.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev
25.07.2024 yil