Янгиликлар
“Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari oʻtkaziladi
“Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari oʻtkaziladi
Qarorga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot/16112) 2024/2025 oʻquv yilidan:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari oʻtkaziladi;
ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.
2024-yil 1-dekabrgacha:
➖oʻquvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish boʻyicha ilmiy asoslangan oʻquv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
➖ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.
2024-yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-maʼnaviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum oʻtkaziladi.
2025-yil yakunigacha ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM
Bosh yuriskonsulti
A.Teshaboyev