Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Fuqarolik jamiyati institutlari davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlanadi


Fuqarolik jamiyati institutlari davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlanadi

 

“Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

 

Farmonga ko‘ra, quyidagilar fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

 

davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yana-da oshirish;

 

jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini ko‘zlagan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;

 

davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yana-da rivojlantirish;

 

taʼsirchan jamoatchilik nazorati olib borilishini rag‘batlantirish;

 

fuqarolik jamiyati institutlarining xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

 

fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul