Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi


Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi

 

Qonunchilikka ko'ra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

fuqarolarga nogironlikni belgilash bo'yicha YAIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko'rigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yo'llash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;

“Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025-yil 1-sentabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;

shaxs sog'lig'ining holatiga ko'ra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega bo'lmaganda sog'lig'ining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda bo'lgan stasionarda o'tkaziladi;

2024-yil 1-oktabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova Nazokat