Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi


Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-950-son, 29.08.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

Unga ko'ra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko'rgan zararlarning o'rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag'larining, ushbu subyektlar davlat ro'yxatidan o'tgan hududdan qat'i nazar, O'zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta'minlanishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko'chki xavfi mavjud bo'lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo'shimcha kiritilmoqda.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos