Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig'i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi


Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig'i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi

 

Farmonga ko'ra, eksport operasiyalari bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasi o'rnini qoplashda:

soliq to'lovchilardan O'zbekiston bojxona hududidan o'tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo'natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo'yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;

bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o'tganligi to'g'risida taqdim etilgan ma'lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo'ladi.

Asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar importiga oid kontraktda ularni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan bo'lsa, mazkur operasiya bo'yicha aktivlarni repatriasiya qilish muddati sifatida kontraktda ko'rsatilgan yetkazib berish muddati e'tirof etiladi.

2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig'i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar