Янгиликлар
Uy joydan fuqaroni doimiy ro‘yxatdan chiqarishda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan holatlar
Uy joydan fuqaroni doimiy ro‘yxatdan chiqarishda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan holatlar
Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
???? O‘zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;
???? mulkdorning arizasiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar asosida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar;
???? mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
???? sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;
???? soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
???? umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
???? vafot etganda — FHDYo organining o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasi asosida.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy ro‘yxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Mulkdor (mulkdorlar) fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligini bekor qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
???? mulkdor (mulkdorlar)ning yoki qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketgan shaxsning erkin tarzda yozilgan arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
???? uy-joyga egalik qilishini tasdiqlovchi va ushbu Nizomning 16-bandiga asosan ro‘yxatga olishni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
???? Fuqaro xorijga doimiy yashashga ketayotganda, fuqarodan qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda esa — vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
???? Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaro yozma ravishda ogohlantiriladi.
Doimiy ro‘yxatga olishni bekor qilish rad etilgan taqdirda, fuqaroga shu kunning o‘zida asoslantirilgan javob xati beriladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov