Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda kasaba uyushmasining roziligi olinishi shartmi?


Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda kasaba uyushmasining roziligi olinishi shartmi?

Ko‘plab kadroviklar va ish beruvchilar tomonidan ayni shu masalada ko‘plab murojaatlar olamiz. Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan agar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni bu savolga ayni javobni tashkilotingizning jamoa shartnomasida yozib qo‘yilgan bo‘ladi.

Biroq mazkur moddada xodimning ishtirok etish masalasi, xodimni xabardor qilish masalasi mazkur 164-moddada ko‘rsatilmagan. 2023 yil 23-mayga Kasaba uyushmalari federatsiyasi ijroiya qo‘mitasining 9-5-sonli ""Kasaba uyushmasi qo‘mitasi organida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqish tartibi" haqidagi qarorda bu haqda batafsil keltirilgan.

Masalasi ko‘rilayotgan xodim tegishli kasaba uyushmasi organi majlisida ishtirok etish huquqiga ega. Kasaba uyushmasi organi xodimning majlisda ishtirok etishi uchun majlis o‘tkaziladigan sana va joy haqida oldindan yozma shaklda yoki pochta orqali xabardor qilishi shart, masalasi ko‘rilayotgan xodimning imkoniyati bo‘lsa majlisda masofadan turib video konferensiya aloqa tartibida ishtirok etishi mumkin.

Xodim majlisga uzrli sabablarga ko‘ra kelmaganda, uni ko‘rib chiqish keyinga qoldiriladi va ish beruvchiga bu haqda ma’lum qilinadi. Majlisni keyinga qoldirish qonunda ko‘rsatilgan 10 kunlik muddat doirasida belgilanadi. Mazkur muddat davomida xodimning ishtirokini ta’minlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, majlis uning ishtirokisiz o‘tkaziladi.

Xodimning majlisda uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganligi yoki ishtirok etishdan bosh tortganligi taqdimnomani uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishga asos bo‘ladi.

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                B.B.Mavlanov