Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Erga bo‘lgan huquqni belgilovchi xujjat!


Erga bo‘lgan huquqni belgilovchi xujjat!

Yer munosabatlari bilan bog‘liq postlardan so‘ng ko‘plab tadbirkor va fuqarolardan yerga bo‘lgan huquqni belgilovchi xujjatlar haqida ma’lumot berishimni so‘rab murojaatlarga mazkur postda javob berib o‘tamiz.

Yer kodeksining 33-moddasida Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar keltirilgan bo‘lib unga ko‘ra, Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan elektron ko‘chirma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir deb belgilangan.

Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan elektron ko‘chirma yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, viloyat va Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarori, ijara shartnomasi, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalarining yer uchastkasini bo‘lish haqidagi hujjatlari, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qarori asosida beriladi.

Ya’ni sizda bittagina Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan elektron ko‘chirmaning o‘zi bo‘lishi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Boshqa hech bir xujjat yerga bo‘lgan huquqni vujudga keltirmaydi.

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                B.B.Mavlanov