Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

2024 yil 1 sentabrdan soliqda nimalar o‘zgardi?


2024 yil 1 sentabrdan soliqda nimalar o‘zgardi?

????Yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil davomida yuridik shaxslar

▫️mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada,

▫️AOSni 1 % stavkada to‘laydi. (https://t.me/soliqnews/13999)

????2027-yil 1-sentabrga qadar:

▫️“Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun belgilangan (https://t.me/soliqnews/14015) soliq imtiyozlari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;

▫️“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi.

????Tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi (https://t.me/soliqnews/13587).

▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi.

▫️Soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

????Isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi.

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i             

   B.B.Mavlanov