Янгиликлар
Qanday holatda mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan qo‘shimcha kelishuv qilinishi shart
Qanday holatda mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan qo‘shimcha kelishuv qilinishi shart
Ko‘pchilik kadroviklar xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimi 14 kunlik ogohlantirish muddatidan foydalanmaganda u bilan ish beruvchi o‘rtasida qo‘shimicha kelishuv qilinishi shart deb o‘ylaydi, aslida bu noto‘g‘ri MKning 160-moddasi 4-qismiga asosan xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin. Ya’ni bu modda talabi bo‘yicha alohida qo‘shimcha kelishuv tuzish nazarda tutilmagan.
Buni MKning turli moddalarida keltirilgan ta’tilni muddatidan oldin berish, ta’tilni qismlarga bo‘lib berishni tartibga soluvchi moddalarga qiyoslash mumkin. Masalan, xodim mehnat ta’tilining 14 kunini olmoqchi, bu vaziyatda xodim MKning 231-moddasi asosida ish beruvchiga ariza yozadi, ish beruvchining xodimning arizasiga qo‘l qo‘yib berishini uning ta’tildan 14 kunni olishga asos bo‘ladi. Ya’ni ish beruvchi bilan alohida kelishuv tuzilmaydi.
Ya’ni MKning 160-moddasi 4-qismida keltirilgan qoida ham shunday, ya’ni xodim o‘z arizasida meni palon sanadan ishdan bo‘shatishingizni so‘rayman deb ariza yozdimi ish beruvchining arizani qabul qilib ishdan bo‘shatishi uchun alohida kelishuv shart emas. Biroq ish beruvchilar e’tibor qaratishi lozimki, xodim arizada sana ko‘rsatmagan bo‘lsa, unda xodimni 14 kunlik ogohlantirish sanasi tugamasdan ishdan bo‘shata olmaydi.
Biroq mehnat shartnomasi MKning 157-moddasi, Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda qo‘shimcha kelishuv tuzilishi shart. Modda qoidasiga ko‘ra, nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek muddatli mehnat shartnomasi istalgan vaqtda taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Mehnat shartnomasi mazkur asos bo‘yicha bekor qilinadigan sana xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
B.B.Mavlanov