Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2024 yil 30 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-132 son Farmonni imzoladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2024 yil 30 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-132 son Farmonni imzoladi.

Belgilandiki:

a) eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda:

soliq to‘lovchilardan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;

bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasidqlash uchun asos bo‘ladi.

Bunda mazkur tartib ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrdagi eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash uchun taqdim etilgan arizalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

b) asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar importiga oid kontraktda ularni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan bo‘lsa, mazkur operatsiya bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda ko‘rsatilgan yetkazib berish muddati e’tirof etiladi.

Shu maqsadda 2024 yilning oktyabriga qadar tegishli qonunchilik hujjatlari loyihalari ishlab chiqiladi.

✅ Shuningdek, ichki bozorga mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun qulayliklar yaratishga oid Prezident qarori loyihasi ham ishlab chiqiladi.

Loyihada:

o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan xomashyo va butlovchi qismlarni sertifikatlash orqali bojxona bojidan ozod qilish tartibini joriy qilish;

to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish materiallari, mashiiy kimyo, oziq-ovqat kabi drayver sohalarga zarur xomashyolar uchun import boji stavkalarini tushirish nazarda tutiladi.

✅ 2024 yilning dekabriga qadar soliq va bojxona organlari o‘zaro qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olishni takomillashtirish bo‘yicha ham Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada “VVV” toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olib tartibini tatbiq etish nazarda tutiladi.

Farmon bilan Bojxona qo‘mitasiga qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash jarayonlarini raqamlashtirish yuklanmoqda.

Bunda eksport operatsiyalari bo‘yicha QQS summasi o‘rnini qoplash uchun bojxona organlarining elektron ma’lumotlar bazasida tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonalar kesimida to‘liq aks ettirilishini va ushbu ma’lumotlar real vaqt rejimida soliq organlarining elektron ma’lumotlar bazasiga uzatilishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi Yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                B.B.Mavlanov