Янгиликлар
Daraxt kesgan shaxs kompensatsiya sifatida daraxt ekishi shart
Daraxt kesgan shaxs kompensatsiya sifatida daraxt ekishi shart
Qonunchilikka ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan yirik o‘lchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) ko‘chatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat yuklatiladi.
Bunda, daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig‘imni to‘laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Eslatma: Noqonuniy daraxt kesganlik uchun qonunda javobgarlik mavjud.
Nurafshon shahar
adliya bo‘limi YuXKM boshlig‘i F.Nazarov