Янгиликлар
Fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun javobgarlik mavjud
Fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun javobgarlik mavjud
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga ko‘ra, mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:
BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 20 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha) jarima;
15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Nurafshon shahar adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi S.Nuraliyev