Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 06.08.2024 yilda “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-283-son qaror qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 06.08.2024 yilda “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-283-son qaror qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etiladi.

Markaz faoliyatini boshqarish “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasiga yuklatiladi.

Markaz hududiga sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sanoat kooperatsiyasi kengaytiriladi.

Markaz hududida faqat O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida realizatsiya qilinadi.

Qozog‘iston va u orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun Markaz hududiga maxsus nazorat o‘tkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish, 15 kun mobaynida hududda bo‘lish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                 S.Nuraliyev