Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Lex.uzda sunʼiy intellekt: endi hujjatlarni tinglashingiz mumkin


Lex.uzda sunʼiy intellekt: endi hujjatlarni tinglashingiz mumkin

- Lex.uzdan hujjat izlayapsizmi?

- Uni audioformatda tinglashni istarmidingiz?

Masalan, transportda, piyoda ketyapsiz yoki biror ish bilan mashgʻulsiz, oʻqib oʻtirishga esa imkon boʻlmayapti. Endi milliy qonunchilik bazasidan foydalanish yanada qulay va oson – istalgan hujjatni tinglashingiz mumkin.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Lex.uzda matnlarni tinglash funksiyasini ishga tushirdi.

Bunga, oʻzbek tili modeli asosida yaratilgan sunʼiy intellekt imkoniyatlari yordam beradi.

Ovozli eshitish imkoniyatidan foydalanish uchun hujjat matni oʻng tarafidagi ???? uch nuqta orqali “Audioni tinglash” tugmasini tanlashning oʻzi kifoya.

Ushbu funksiya endigina ishga tushirilgani uchun hujjatni oʻqishda xatolik kuzatilishi mumkin. Bunday taqdirda hujjat matni oʻng tarafidagi ???? uch nuqta orqali “Hujjatga taklif yuborish” tugmasini bosib, taklif turidan texnik xatolikni tanlagan holda xato va kamchilik haqda bizni xabardor qilishingizni soʻrab qolamiz.

Shu bilan birga, tarjima dasturlarini integratsiya qilish orqali sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan kelib chiqib, hujjatlarni ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarga onlayn tarjima qilishingiz mumkin. Bunda tarjima sifatini baholash tugmasidan foydalanib, tarjima sifatini yanada oshirishga koʻmaklashing.

Bu hali hammasi emas. Yaqin kunlarda hujjatlarni ovozli qidiruv yordamida topish va tinglash mumkin boʻladi.

Maqsadimiz foydalanuvchilar uchun qulaylik va yengilliklar yaratish. Lex.uz ni kuzating!

 

 

Nurafshon shahar adliya

boʻlimi bosh maslahatchisi                                                 S.Nuraliyev