Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 07.08.2024 yilda “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son qonun imzolandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 07.08.2024 yilda “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son qonun imzolandi

 

Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, u yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Maxsus vakolatli davlat organi quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:

-davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;

-energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimini yuritadi.

- Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati O‘zenergoinspeksiya hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

 

Nurafshon shahar

adliya bo‘limi boshlig‘i                                             

 G.Roxmonkulov