Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.08.2024 yilda "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi PF-108-son farmon qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.08.2024 yilda "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi PF-108-son farmon qabul qilindi

 

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 sentabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.

Bunda:

-pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

-yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;

-nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, 2024 yil 1 oktabrdan:

-budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;

-budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;

-mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

-bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi YuXKM boshlig‘i                                                         F.Nazarov