Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.08.2024 yilda “Koreya Eksimbanki ishtirokida “6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarni xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaror qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.08.2024 yilda “Koreya Eksimbanki ishtirokida “6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarni xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaror qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra:

 

-“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ loyihani o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish hamda Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;

- “O‘zmilliybank” AJ Koreya Eksimbanki tomonidan taqdim etiladigan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi;

-Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

- Iqtisodiyot va moliya vaziriga Hukumat nomidan qarzlarni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berildi.

- “O‘zmilliybank” AJga Koreya Eksimbanki qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berildi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                   S.Nuraliyev