Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

13.08.2024 yildagi O‘RQ-942-son qonun bilan bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi


13.08.2024 yildagi O‘RQ-942-son qonun bilan bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi

 

-Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lochining identifikatsiya raqami beriladi.

Bundan tashqari, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining adliya organlarida hisobga qo‘yilishi mumkinligini va ushbu tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi YuXKM boshlig‘i                                                              F.Nazarov