Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 01.08.2024 yildagi 468-son qarori bilan, Intellektual mulk ob’ektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, quyidagi intellektual mulk ob’ektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddati Adliya vazirligi tomonidan uzaytirilishi mumkin:
-ixtiro;
-foydali model;
-sanoat namunasi;
-seleksiya yutug‘i;
-tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi;
-geografik ko‘rsatkich;
-tovar kelib chiqqan joy nomi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi (im.adliya.uz) yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ariza beradi.
Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishda belgilangan miqdordagi patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda to‘lanadi.
Ariza vakolatli organga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
Ariza beruvchiga muhofaza hujjatining amal qilish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani muhofaza hujjatiga ilova shaklida axborot tizimi orqali yuboradi.
Nurafshon shahar
adliya bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonkulov