Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 15.08.2024 yilda “O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 293-son qaror qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 15.08.2024 yilda “O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 293-son qaror qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

-2024–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

-O‘zbekiston Respublikasida milliy kriptologiya sohasini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi.

- Respublikaning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.

- Davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kriptologiya sohasida dolzarb muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish Ekspert guruhining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                   S.Nuraliyev