Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 15.08.2024 yilda “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident PQ-295-son qaror qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 15.08.2024 yilda “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident PQ-295-son qaror qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, tuman va shaharlarda sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha “respublika – viloyat – tuman” tamoyili asosida vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Hududlarda sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:

-tuman va shaharlarda hokimning birinchi o‘rinbosari boshchiligida soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korxonalarining rahbarlarini o‘z ichiga oluvchi hududiy shtablar;

-iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari rahbarligida hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika shtabi.

2024 yil 1 sentabrdan:

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi;

-tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etiladi.

 

Nurafshon shahar

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                     G.Roxmonkulov