Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 15.08.2024 yilda “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-292-son qaror qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 15.08.2024 yilda “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-292-son qaror qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2024 yil oktabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.
Tadbirni yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan ko‘p jildlik akademik tarjima va sharhini tayyorlash hamda ularni nashr etish;
2024 yil oktabr oyida Toshkent shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish.
2024 yil sentabr-oktabr oylarida Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Imom Termiziy asarlari bo‘yicha hadislar bilimdoni” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.
Nurafshon shahar adliya
bo‘limi YuXKM boshlig‘i F.Nazarov