Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Pensiya pulidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolinishi mumkinmi?


Pensiya pulidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolinishi mumkinmi?

 

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning
65-moddasiga asosan, pensiyalardan chegirmalar sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida qilinishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, pensiya pulidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolinishi mumkin.

Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 64-moddasiga muvofiq qarzdorlikning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga nisbatan ushlab qolinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Yangiyo`l tumani yuridik                                            

xizmat ko`rsatish Markazi                                                X.Rahimov

bosh yuriskonsulti