Янгиликлар
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlanishidan xabardormisiz?
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlanishidan xabardormisiz?
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili muayyan toifaga kiradigan tuman va shaharlardan ajratiladi.
Arzon uy-joylar dasturlar doirasida qo‘shimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli (2 va 3 xonali) uylar hisoblanadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila subsidiya olish huquqiga ega.
Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila sifatida qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha,
Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan oilalar e’tirof etiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoraviy uy-joy fondi bo‘lgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolarga xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun beriladi.
Yangiyo’l tumani Adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish
Markazi boshlig’i Djamalov Saidislom