Янгиликлар
Multiradarda aniqlangan qoidabuzarlik o‘sha joyning o‘zida haydovchiga ma’lum qilinishi kerakmi?
Multiradarda aniqlangan qoidabuzarlik o‘sha joyning o‘zida haydovchiga ma’lum qilinishi kerakmi?
Vazirlar Mahkamasi Qarorining 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 31-bandida shunday deyilgan:
«Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda, YPX xodimi moslamaning ko‘rsatkichlari bilan harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi lozim». Ya’ni «uchoyoq» yoki multiradarlar orqali huquqbuzarlik aniqlandi.
Bunday vaziyatda YPX xodimi haydovchiga qoidabuzarlik sodir etgani haqida o‘sha joyning o‘zida ma’lumot berib, uning ishtirokida bayonnoma rasmiylashtiradi. Masalan, 60 km/soat tezlikda harakatlanish kerak bo‘lgan joyda haydovchi 90 km/soatda harakatlanib, qoidani buzdi. Qoidabuzarlik multiradarda qayd qilindi. Endi YPX xodimi ushbu haydovchiga qancha tezlikda harakatlanib qoidani buzganligi haqida ma’lum qilishi shart. Bu tartibga amal qilinmasdan chiqarilgan jarima noqonuniy hisoblanadi.
Yangiyo`l tumani yuridik
xizmat ko`rsatish Markazi X.Rahimov
bosh yuristkonsulti