Янгиликлар
Nogironligi bo‘lgan shaxs belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tmasa, pensiyasi to‘xtatiladimi?
Nogironligi bo‘lgan shaxs belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tmasa, pensiyasi to‘xtatiladimi?
Nogironligi bo‘lgan shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra, qayta ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs qayta ko‘rikdan o‘tib I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran, lekin ko‘pi bilan bir oy oldin pensiyani to‘lash qayta tiklanadi.
Qayta ko‘rikdan o‘tish muddati uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilganda, agar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi uni ana shu davrda nogironligi bo‘lgan shaxs deb topsa, pensiya to‘lash to‘lov to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi bilan uch yil uchun amalga oshiriladi.
Bunda, agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Yangiyo’l tumani Adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish
Markazi boshlig’i Djamalov Saidislom