Янгиликлар
O‘qituvchidan ish rejani qog‘oz ko‘rinishida talab qilish qonuniymi?
O‘qituvchidan ish rejani qog‘oz ko‘rinishida talab qilish qonuniymi?
"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaning 15-bandiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. 15-bandning 2-xatboshiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan faqatgina sinf jurnali (bosma yoki elektron) yuritiladi.
O‘qituvchi tomonidan yillik taqvim-mavzu reja eMaktab.uz platformasiga yuklangan bo‘lsa, unda ushbu rejani qog‘oz ko‘rinishdagi shaklini yuritishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaymiz.
Demak, o‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.
Yangiyo’l tumani Adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish
Markazi boshlig’i Djamalov Saidislom