Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Mehnat qonunchiligida “Murabbiylik” tushunchasi.


Mehnat qonunchiligida “Murabbiylik” tushunchasi.

Mehnat kodeksining 368 moddasida Murabbiylik normasi keltirilgan.

Murabbiylik deganda xodimlarni qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirish turlari tushunilib, bunda tashkilotning eng tajribali xodimlari (murabbiylar) muayyan bir mehnat vazifasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni tajribasi kamroq bo‘lgan xodimlarga rejali ravishda yetkazishni ta’minlaydi.

Murabbiylik tashkilot xodimlari o‘rtasida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv yoki murabbiy bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, agar unga avvalboshdanoq murabbiylik qilish to‘g‘risidagi tegishli shartlar kiritilgan bo‘lsa, murabbiylikni amalga oshirish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun asos bo‘ladi. Murabbiylik qilish to‘g‘risidagi tegishli shartlar deganda murabbiyning kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimni o‘qitish uchun sarflaydigan ish vaqti, murabbiylik vazifalarini bajarganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori va ushbu Kodeksga, jamoa kelishuvlariga, mehnat huquqi normalarini o‘z ichiga olgan ichki va boshqa hujjatlarga zid bo‘lmagan o‘zga shartlar tushuniladi.

Murabbiylikni amalga oshirish davrida murabbiy kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimning bevosita rahbari hisoblanadi hamda undan mehnat vazifasini lozim darajada bajarishni va mehnat intizomiga rioya etishni talab qilishga haqli.

Murabbiy tayinlangan taqdirda, kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimning mehnat shartnomasida mazkur shart haqida tegishli belgi qo‘yiladi.

Murabbiylikni amalga oshirish tartibi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.

 

Yangiyo`l tumani YXKM bosh yuristkonsulti                  X.Murodjonov