Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Savol: Talabani maktabga asosiy pedagog xodim sifatida qabul qilis mumkinmi?


Savol: Talabani maktabga asosiy pedagog xodim sifatida qabul qilis mumkinmi?

Javob: Talabalarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq masalada ularni ko‘pincha o‘rindosh asosida rasmiylashtirish odat tusiga aylangan. Ish beruvchi talabani asosiy joyi o‘quv muassasasi deb hisoblaydi. Ushbu savol bo`yicha Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275- son “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 3 ilovasi ya`ni "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida"gi nizomning 8-bandiga asosan Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3- kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilangan. Mazkur asosga ko‘ra talabani ishga qabul qilishda uni asosiy ishchi sifatida rasmiylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

 

Yangiyo`l tumani YXKM bosh yuristkonsulti X.Murodjonov