Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi


Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi

 

Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar to'langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi

➖60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to'langan QQSning 40 foizi;

➖60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to'langan QQSning 20 foizi;

turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlarga – byudjetga to'langan QQSning 20 foizi.

2024-yil 1-noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog'lig'iga yuqori xavf soluvchi omillar reestri joriy qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to'xtatib turishga faqatgina Reestrga kiritilgan omillar asosida yo'l qo'yiladi.

2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo'yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul