Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Vaxta usulida ishlash to‘g‘risida ma’lumotga egamisiz?


Vaxta usulida ishlash to‘g‘risida ma’lumotga egamisiz?

Mehnat kodeksining 465-moddasiga asosan vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shaklidir.

Vaxta usulida ishlash ish joyi xodimlarning doimiy yashash joyidan yoki ish beruvchining joylashgan yeridan sezilarli darajada uzoqda joylashganida ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.

Vaxta usulidagi ishlarga jalb qilinadigan xodimlar ishlarni bajarish obyektida bo‘lish davrida ish beruvchi tomonidan maxsus tashkil etiladigan, mazkur xodimlarning ishlarni bajarishi vaqtida hayot faoliyatini va smenalar o‘rtasida dam olishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan binolar va inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan vaxta shaharchalarida yoxud shu maqsadlar uchun moslashtirilgan va ish beruvchining hisobidan haqi to‘lanadigan yotoqxonalarda, boshqa turar joylarda yashaydi.

Agar vaxta obyektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har kuni o‘z doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bunday ishni bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi.

Ishning vaxta usulini qo‘llash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Ishni vaxta usulida tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

Sh.Abdurahmonov