Янгиликлар
"Ayrim toifadagi xodimlar" haqida ma'lumotga egamisiz?
"Ayrim toifadagi xodimlar" haqida ma'lumotga egamisiz?
Mehnat kodeksining 389-moddasiga asosan ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi:
1) mehnat munosabatlarining subyektlari (ayollar, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar) bo‘yicha;
2) mehnat faoliyatining sohalari, tarmoqlari va turlari (pedagoglar va tibbiyot xodimlari, transport xodimlari va boshqalar) bo‘yicha;
3) mehnat sharoitlarining og‘irligiga va (yoki) zararliligiga qarab;
4) tabiiy-iqlim sharoitlariga qarab;
5) xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarining xususiyatlari (kasanachilar, masofadan turib ishlovchi xodimlar va boshqalar) bo‘yicha.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham nazarda tutilishi mumkin.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Sh.Abdurahmonov |