Янгиликлар
Energiyani tejab, oqilona foydanish yoʻlga qoʻyiladi.
Energiyani tejab, oqilona foydanish yoʻlga qoʻyiladi.
Muxtaram Prezidentimiz tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonun joriy yilning 7-avgustida imzolandi.
Ushbu qonunga koʻra, Vazirlar Mahkamasi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, mazkur qonun yoqilgʻi-energetika resurslarini isteʼmol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Biz bilamizki, Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Maxsus vakolatli davlat organi:
-davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;
-energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimini yuritadi.
Bundan tashqari, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan koʻrsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati Oʻzenergoinspeksiya hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Zangiota tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova