Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Bilasizmi? Oylik, pensiya, nafaqalar oshiriladi


Bilasizmi? Oylik, pensiya, nafaqalar oshiriladi

 

 

Joriy yilning 12-avgust kunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi

         Mazkur farmonga asosan, 2024-yil 1-sentyabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.

Farmonga koʻra,

-pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;

-yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;

-nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib belgilandi.

        Shuningdek, 2024-yil 1-oktyabrdan:

-byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;

-byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;

-mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;

-bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilandi.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                               N. Anarqulova