Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sanoat koorporatsiyasi markazi tashkil etiladi.


Sanoat koorporatsiyasi markazi tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining rivojlanish barqarorligini ragʻbatlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshligi va innovatsion faolligini oshirish, mintaqaviy va xalqaro qoʻshilgan qiymat zanjirlariga ulanish hamda qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida joriy yilning 6-avgust kunida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi

Qarorga koʻra, “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etiladi.

Markaz faoliyatini boshqarish “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasiga yuklatiladi.

Markaz hududiga sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali sanoat kooperatsiyasi kengaytiriladi.

Markaz hududida faqat Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida realizatsiya qilinadi.

         Bundan tashqari, Qozogʻiston va u orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun Markaz hududiga maxsus nazorat oʻtkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish, 15 kun mobaynida hududda boʻlish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi.

         Shuningdek, Qarorga muovifiq “yagona darcha”, interaktiv mexanizmlarga asoslangan bojxona, sertifikatlashtirish, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank va valyuta ayirboshlash, uyali aloqa, shuningdek, mijozlar uchun tibbiyot, mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish hamda boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                           N. Anarqulova