Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi


Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi

 

Joriy yilning 2-iyul kunida Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Bunda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari yaʼni 68 mln soʻm etib belgilandi.

Bundan tashqari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan "Umra" tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji BHMning 10 baravari yaʼni 3mln 400 ming soʻm etib belgilandi.

Mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

BOsh yurmskonsulti                                            N. Anarqulova