Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yoʻl obyektlari alohida ruxsatnoma olingandan soʻng quriladi va taʼmirlanadi.


Yoʻl obyektlari alohida ruxsatnoma olingandan soʻng quriladi va taʼmirlanadi.

 

Respublikadagi avtomobil yoʻllarini yaxshilash, ichki koʻchalarni asfalt bilan qoplash va zamonaviy piyodalar yoʻlakchalarini barpo etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda,

Shu bilan birga, yoʻllarning yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha samarali mexanizmlar yoʻlga qoʻyilmaganligi joylarda asfalt qoplamasi va trotuarlarni nazoratsiz buzish hamda avvalgi koʻrinishini tiklamasdan tashlab ketish holatlari koʻpayishiga sharoit yaratmoqda.

Umumiy mulk hisoblangan yoʻllar va yoʻl infratuzilmasini asrab-avaylash, shaharlar va boshqa aholi punktlariga zamonaviy qiyofa baxsh etish, shuningdek, bu borada fuqarolar va yuridik shaxslarning masʼuliyatini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasida mahallalar, koʻcha va yoʻllar, qishloq, tuman va shaharlarni ozoda holatda saqlash, ulardagi mavjud infratuzilmani asrab-avaylash, hududlarni koʻkalamzorlashtirish ishlariga davlat organlari va tashkilotlari bilan bir qatorda har bir fuqaro va tashkilot birdek masʼulligini oshirish maqsadida joriy yilning 1-iyul kunida “Yoʻllar va yoʻl infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan:

-jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yoʻllar, trotuarlar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yoʻl obyektini har qanday koʻrinishda taʼmirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi;

-ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda koʻrsatiladi;

-ruxsatnoma yoʻl obyektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bogʻliq yoki boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;

-ruxsatnomada yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli maʼmuriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirish koʻrsatiladi;

-yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun koʻrinadigan joyga ilib qoʻyilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga koʻra taqdim etilishi shart hisoblanadi;

-ruxsatnoma olmasdan turib yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va taʼmirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qoʻymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini koʻrmaslik, shuningdek, qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlish tartibi joriy etildi.

 

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                   N. Anarqulova