Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha huquqbuzarlik aniqlanishiga yordamlashgan shaxslar mukofotlanadi.


 

Yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha huquqbuzarlik aniqlanishiga yordamlashgan shaxslar mukofotlanadi.

 

Joriy yilning 1-iyul kunida qabul qilingan “Yoʻllar va yoʻl infpatuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash hamda xududlarni obodonlashtirish boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” gi Prezident qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-sentyabrdan yoʻllar va yoʻl infratuzilmasi boʻyicha bir qator yangi tartiblar joriy etiladi. ruxsatnoma olmasdan yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik holati boʻyicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Mazkur qaror asosida hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 1-sentyabrgacha joylardagi hokimlar belgilab beradigan muayyan hududda:

-fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi masʼuliyati OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;

-koʻp qavatli uylar hovlisi va atrofi, yoʻl hamda koʻcha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy koʻrinishini tasdiqlash;

-yoʻl va koʻcha chetlaridagi boʻsh yerlarni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha dastur tasdiqlash chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                 N. Anarqulova