Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi


Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi

 

Biz bilamizki, respublikamizda tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni (ularning yashash faoliyati mahsulotlarini) tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni taʼqib qilish, tutishga urinish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilish hisoblanib, gʻilofi yechib qoʻyilgan holatdagi (yigʻilgan tarzdagi) ov quroli va ov qurollarining boshqa turlari yoki ov mahsuloti bilan ov qilish joylari hududida boʻlishi va shaxslarning gʻilofi yechib qoʻyilgan holatdagi (yigʻilgan tarzdagi) ov quroli bilan, ov mahsulotining qoʻlga kiritilganligi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (ovchilik guvohnomasisiz, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomasiz, ovchilik yoʻllanmasisiz (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasisiz) umumiy foydalanishdagi yoʻllarda boʻlishi ov qilishga tenglashtirilgan.

Mamlakatimizda ov qilish va ovchilar tayyorlash tartibini tizimlashtirish va takomillashtirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni tadbiq qilish, ovchilik hoʻjaliklarida bioxilma-xillikni koʻpaytirish, ov turizimi infratuzilmasini rivojlantirish orqali mahalliy aholini ish bilan taʼminlash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish maqsadida joriy yilning 23-iyul kunida Prezidentimizning “Respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi

Mazkur Farmonga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan ovchilik xoʻjaligini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:

-ov qilish faqat ovchilik xoʻjaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xoʻjaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;

-ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

1- bosqichda – 10 yil muddatga;

-investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:

2- bosqichda – 10 yil muddatga;

3-bosqichda – 29 yil muddatga.

Bunga koʻra, 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror koʻpaytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.

-elektron onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xoʻjaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.

 

 

Zangiota tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                 N. Anarqulova