Янгиликлар
Ekologiya vazirligiga qoʻshimcha vakolatlar berildi
Ekologiya vazirligiga qoʻshimcha vakolatlar berildi
Joriy yilning 23-iyul kunida “Respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonga asosan, Ekologiya vazirligiga:
-ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaning namunaviy shaklini tasdiqlash;
-ovchilik xoʻjaligini yuritishda texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formatini tasdiqlash;
-yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisida shartnoma tuzish vakolatlari berildi.
Shuningdek, 2024-yil 1-oktyabrdan ovchilarga ovchilik yoʻllanmasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar asosida elektron dastur orqali beriladi.
Farmonga asosan 2024-yil 1-oktyabrdan ovchilik guvohnomasini berishda:
-ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish joriy etiladi;
-ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoshga toʻlgan, oʻquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaxslarga YAIDXP orqali 2 yil muddatga berilishi tartibi oʻrnatiladi.
Mazkur Farmonga binoan 2024-yil 1-sentyabrdan yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xoʻjaliklari 3 yil muddat mobaynida mol-mulk va yer soligʻini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdorida toʻlaydi.
Zangiota tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova