Янгиликлар
“Zangiota-2” shifoxonfsi oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi.
“Zangiota-2” shifoxonfsi oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining boʻsh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 24-iyul kunida “Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining 446-sonli qaror qilindi.
Mazkur qarorga koʻra, “Zangiota-2” shifoxonasi faoliyati tugatilib, uning oʻrnida davlat muassasasi shaklidagi 500 oʻrniga moʻljallangan Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi.
Bolalar shifoxonasining asosiy vazifalari etib:
-18 yoshgacha boʻlgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni oʻtkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini koʻrsatish;
-tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;
-Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda koʻmaklashish;
-tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish belgilandi.
Shuningshdek, 2024-yil 1-sentyabrgacha Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda taʼmirlash ishlarini oʻtkazish orqali uni bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishga moslashtiriladi.
Zangiota tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova