Янгиликлар
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi
Joriy yilning 23-iyul kunida “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan uzluksiz ravishda zarur miqdordagi qimmatbaho metallar bilan taʼminlanadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-sentyabrdan:
-“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan affinaj korxonalariga “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida 100 foiz oldindan toʻlov shartlarida qimmatbaho metallarni sotib olish va keyinchalik ularni qulay boʻlgan shakl va miqdorlarga keltirgan holda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga sotish huquqi beriladi;
-zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga oʻzlari yasagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 1-oktyabrgacha:
-zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun litsenziya olish talabi bekor qilinadi;
-Oʻzbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.
Zangiota tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat kursatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova